Hull City Olimpiakos darvozaboni Konstantinos Tsolakisni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tomonlar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
🤩 Hull Live xabariga ko'ra, "Olimpiakos" darvozaboni Konstantinos Tsolakis yozgi transferlar oynasida "Hall Siti"ning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi. Klub raqobatchilarni ortda qoldirish uchun kelishuv ustida ishlamoqda.
23 yoshli yunonistonlik posbon Premer-liga klublari e'tiborida. Biroq "Hall Siti" transferni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatga ega deb hisoblamoqda, chunki manbalarga ko'ra, futbolchining o'zi ham Premer-ligaga o'tishga qarshi emas.
Muzokaralar qizg'in pallada va kelishuvga tezroq erishish uchun ishlar olib borilmoqda.
Tsolakisning shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi va yunon klubi darvozabonni sotishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Hull City Konstantinos Tsolakis transferini yakunlash arafasida. Shuningdek, klub yana bir nechta yangi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
🤩 Hull Live:
«Hull City» Konstantinos Tsolakis bilan shartnoma imzolashga yaqin. Ma’lumotlarga ko’ra, «Yo’lbarslar» muzokaralardagi ijobiy o’zgarishlardan so’ng 23 yoshli darvozabonni o’z safiga qo’shib olish bo’yicha yirik bitimni yakunlash arafasida. Kelishuv kelasi hafta boshida rasmiylashtirilishi mumkin.
Yevropa matbuotida klubning Joshu Vagnoman va Entoni Musabaga bo’lgan qiziqishi haqidagi xabarlar haqiqatga to’g’ri kelmaydi.
Oskar Sambrano dushanba kuni jamoa Sloveniyadagi yig’inga jo’nab ketayotgan vaqtda «Hull» safiga qo’shilishi kutilmoqda.
Elliot Stroud bilan bog’liq bitim shu dam olish kunlari yakunlanishi kerak.
Yuqoridagilardan tashqari, «Hull» Fransiya Liga 1 vakili bo’lgan ikki nafar futbolchini qo’lga kiritishga yaqin, biroq muzokaralar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu o’yinchilarning nomlari sir saqlanmoqda.