Lotar Matteus («Bavariya» sobiq yarim himoyachisi):
Olisening «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarmi? Men «Real»da o'ynash istagini tushunaman. Har bir futbolchi faoliyatining qaysidir bosqichida «Madrid»da to'p surishni xohlaydi.
Ammo «Bavariya» Olise bo'yicha hech qanday muzokara olib bormaydi. Klubdagilar OAVda tarqalayotgan bu kabi xabarlardan shunchaki kulishadi. Shu sababli, hozirgi vaqtda Olisening yozda «Real Madrid»ga o'tish ehtimolini deyarli 0 foiz deb baholayman.
Bundan tashqari, «Bavariya» Olise bilan shartnomani yaxshilangan shartlar asosida uzaytiradi, deb o'ylayman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!