Germaniya terma jamoasidagi "tozalash" masalasi: faxriylar fikri turlicha
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Germaniya terma jamoasidagi "tozalash" masalasi: faxriylar fikri turlicha

🚨 Germaniya terma jamoasi va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachilari Didi Xamann va Mario Basler milliy jamoa tarkibida kelajak uchun "tozalash" o'tkazishni talab qilmoqdalar.

✨ Xamann:

Men Yozua Kimmix, Leon Goretska va Leroy Sane terma jamoada boshqa rol o'ynamasligi kerak deb hisoblayman. Biz oxirgi beshta turnirda chorak finaldan nariga o'ta olmadik, hatto oxirgi uchta jahon chempionatida 1/8 finalga ham chiqa olmadik. Nega ikki yildan keyin ular bilan jamoada hammasi boshqacha bo'lishi kerak?

✨ Basler:

Haqiqiy tozalash kerak. Mening nazarimda, to'rt yoki besh nafar o'yinchi, jumladan sardorimiz ham jamoada qolmasligi kerak. Yozua Kimmix terma jamoada kelajagi yo'qligini tushunib yetadigan vaqt keldi. Leroy Sane, Antonio Ryudiger, Paskal Gross — bular mening fikrimcha, milliy jamoada o'z o'rniga ega bo'lmagan futbolchilar. Bizga yosh, och o'yinchilardan iborat butunlay yangi qiyofa kerak. Bizga bu "siqib chiqarilgan" o'yinchilar kerak emas. Yozua shunchaki juda sekin. Vaqt unga nisbatan to'xtab turmaydi, u yanada sekinlashadi. O'ylaymanki, agar "Bavariya" ham unga tayanib qolsa, yaqin kelajakda muammoga duch keladi. U juda sekin va yakkakurashlarda kuchsiz.

✨ Shu bilan birga, Lotar Matteus Kimmixning Germaniya terma jamoasida asosiy o'yinchi bo'lib qolishini qo'llab-quvvatladi:

Garchi u ajoyib jahon chempionatini o'tkazmagan bo'lsa-da, men baribir Yozua Kimmixni yangi murabbiy qo'l ostida asosiy figura va sardor sifatida ko'raman. Ammo u o'ziga mos joyda, ko'proq ta'sir o'tkaza oladigan pozitsiyada o'ynashi kerak. Jonatan Ta va Niko Shlotterbek ham jamoaning yuziga aylanishlari mumkin.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!