Chelsi Trevo Chalobani Komoga taklif qildi
"Inter" Trevo Chaloba transferini muzlatib qo'ydi. "Chelsi" esa himoyachini "Komo"ga taklif qildi.
"Inter" Trevo Chaloba bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi. Shu sababli "Chelsi" "Komo" klubiga murojaat qilib, futbolchini o'z safiga qo'shib olishni xohlashadimi yoki yo'q, deya qiziqib ko'rdi.
Ses Fregas boshqaruvidagi jamoa hozirda Devinson Sanches nomzodiga e'tibor qaratgan, shu bois ularning Chaloba variantiga qaytish-qaytmasligi hozircha noma'lum.