Andreas Shelderup «Tottenhem» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi
Andreas Shelderup «Tottenhem» nishonida. «Benfika» futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
So'nggi kunlarda «Roma» bilan bog'lanayotgan Andreas Shelderup «Tottenhem»ning e'tiboriga tushdi.
O Jogo nashri xabariga ko'ra, «shporlar» muzokaralarni boshlash uchun «Benfika» bilan bog'langan, biroq Portugaliya klubi futbolchini 40 million yevroga baholamoqda. O'yinchining shartnomasida 100 million yevrolik tovon puli mavjud va unga 2031-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilingan.