TalkSPORT jurnalisti Aleks Kruk «Liverpul»ning transfer rejalari va Bredli Barkola atrofidagi vaziyat haqida gapirdi.
TalkSPORT jurnalisti Aleks Kruk «Liverpul»ning transfer rejalari haqida fikr bildirdi:
«Liverpul» juda tejamkor va Barkolaning narxini tushirishga harakat qiladi. Barkolaning o'zi «Liverpul»ga o'tishdan manfaatdor va allaqachon boshqa klublardan tushgan bir nechta takliflarni rad etdi.
O'ylashimcha, klub yana 3-4 nafar futbolchini sotib olishi kerak, chunki himoya chizig'ida ham muammolar bor. Kelgusi haftalar juda tig'iz o'tadi.
Ben Jeykobs va Aleks Kruk xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klublari yana "Liverpul" darvozaboni Alisson Bekkerga qiziqish bildirmoqda.
Ben Jeykobs va Aleks Kruk xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klublari yana "Liverpul" darvozaboni Alisson Bekkerga qiziqish bildirmoqda.
"Liverpul" uni sotishni istamayapti.
Ben Jeykobs va Aleks Kruk ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" hozircha Saudiya klublaridan hech qanday to'g'ridan-to'g'ri taklif olmagan, ammo darvozabonlar transferi borasidagi vaziyat oydinlashgach, yaqin haftalarda bu holat o'zgarishi mumkin.
Shuningdek, "Liverpul" Alisson borasidagi qarorini o'zgartirishi uchun juda katta mablag' talab qilinadi, shu bois darvozabonning Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi hozircha kam ehtimolli deb baholanmoqda.
Denni Uelbek "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. "Brayton" bilan muzokaralar davom etmoqda.
🚨 Aleks Kruk xabariga ko'ra, Denni Uelbek "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
"Chelsi" va "Brayton" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. "Brayton" futbolchining transferiga qarshilik qilmasligi kutilmoqda va "Chelsi" tomoni kelishuv yakunlanishiga ishonch bildirmoqda.