Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Andijondagi bellashuvdan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - O'yin qiyin bo'lishi aniq edi. Yigitlarga buni tushuntirdik va jamoa yaxshi o'yin namoyish qildi deb o'ylayman. Bugun g'alaba qozonishimizga yo'l qo'yishmadi, lekin sabab "Andijon" jamoasi emas. Ularda yaxshi jamoa bor, lekin bugun biz ochko yo'qotdik.
Alijonov va Erkinov kichik jarohati tufayli o'ynay olishmadi. Qizil kartochkalar berilgan vaziyatlarni hali ko'rib chiqmadim.
Mavsumning rosa yarmi oldinda. Hamma ochko yo'qotmoqda va yo'qotadi. Keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz.
Paxtakor bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev Xorazmga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Xorazm" bilan bellashuvdan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yin haqida gapiradigan bo'lsak, uchrashuv boshidayoq o'tkazib yuborilgan gol baribir ozgina ruhiy ta'sir ko'rsatdi. Keyin o'zimizga keldik, gol urdik, yaxshi vaziyatlar yaratdik. Yigitlar bugun yaxshi harakat qilishdi, oxirigacha kurashishdi. Ikkinchi golni ham kiritdik va yana ko'plab vaziyatlar bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadik. Endi, bu – futbol. Har o'yinda shunday kurashmasak, g'alaba qozona olmaymiz. Bugun barcha yigitlar kurashib, oxirigacha o'ynab, juda muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Ularning barchasiga rahmat aytaman.
O'tgan uchrashuvda ham 1:0 dan keyin himoyaga o'tib olgandik. Hozir buning ustida ishlayapmiz, yigitlar bilan gaplashyapmiz. Balki, bu ozgina ruhiy holat bilan bog'liqdir. Xudo xohlasa, bu kamchilikni bartaraf etamiz. Biz ularga "orqaga yotib olinglar", demayapmiz, balki ular ham gol o'tkazib yuborishdan qo'rqishyaptimi, bilmadim. Lekin bu jihat ustida ishlayapmiz, chunki ko'p o'yinlarda shu holat kuzatilyapti.
Andijon himoyachisi Nemanya Chalasan Paxtakorga qarshi o'yindagi qizil kartochka va jamoaning durang natijasi haqida gapirdi.
«Andijon»ning o'z maydonida «Paxtakor»ga qarshi o'tgan uchrashuvi shiddatli va keskin kurashlar ostida o'tdi, faqat gol yetishmadi. Qolaversa, qizil kartochkalar bilan ham yodda qoladigan bo'ldi. Mezbonlardan ikkita, mehmonlardan bir nafar o'yinchi maydondan chetlatildi.
Uchrashuvdagi dastlabki qizil kartochka «Andijon»ning serbiyalik himoyachisi Nemanya Chalasanga ko'rsatildi.
Futbolchi esa «Paxtakor»ga qarshi o'yin, qizil kartochka va stadiondagi muhit haqida intervyu berdi.
- Nemanya, o'yin sizda qanday taassurot qoldirdi?
- O'ylaymanki, agar biz maydonda 11 ga 11 bo'lib qolganimizda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Menda shunday ichki tuyg'u bor edi. Qolavresa, ishqibozlarimiz bizni faqat oldinga undashdi va ularning daldasi, ko'magida albatta gol kiritgan bo'lardik.
- O'yin chog'ida uch marta qizil kartochka ko'rsatildi, shulardan biri sizga. O'sha holatni qanday izohlab bergan bo'lardingiz?
- Men olgan qizil kartochkaga kelsak, to'pni maydon markazidagi Cheranga uzatmoqchi bo'ldim. Lekin raqib mening bu rejamni oldindan o'qidi va to'pni egallab oldi. Qo'limdan keladigan yagona ish – qoidani buzishdan iborat edi. Bu mening xatoim va jamoaga pand berib qo'yganimni yaxshi tushunib turibman. Martinga kelsak, u qizil kartochkaga munosib ish qilmagandi.
- Maydonda yuz bergan voqealardan kelib chiqib, xulosa qilsak, 0:0 natijasi o'yinga mos keladimi?
- Rostini aytsam, o'yin oxirida deyarli tengma-teng tarkib bilan to'p surganimizda bemalol bellashuvni yutgan bo'lardik. Boya aytganimdek, muxlislarimiz bizga g'alaba qozonishimizga yordam berishardi. Kamchilik bo'lib o'ynab, 0:0 hisobidagi durangga kelsak, buni yomon natija deb hisoblab bo'lmaydi. Natijadan ko'nglim to'ldi.
- Olgan qizil kartochkangiz faoliyatingizdagi nechanchisi?
- Men tez-tez qizil kartochka oladigan o'yinchilar sirasiga kirmayman. O'ylaymanki, agar xotiram pand bermayotgan bo'lsa, bu faoliyatimdagi uchinchi qizil kartochkadir.
- Stadiondagi muhit sizga yoqdimi?
- Stadiondagi muhit har doim ham qoyilmaqom darajada. Bu borada ishqibozlarimizga teng keladigani yo'q. Ularning bizga ko'rsatayotgan beqiyos darajadagi qo'llab-quvvatlashlari uchun katta rahmat aytaman.
- Birinchi davra nihoyasiga yetdi. Jamoaning ishtirokini qanday baholaysiz?
- Futbolda har doim o'sish va rivojlanish uchun joy qoladi. Mavsumning ikkinchi qismida xatolarimizni to'g'rilashimizga va yanada kuchliroq o'yin namoyish qilishga harakat qilamiz.
- Qizil kartochka olgan paytingizda ishqibozlar sizni qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi. Shundan so'ng kiyim xonaga yo'l oldingiz. Jamoani ozchilik bo'lib qoldirganingizdan va gol o'tkazib yuborish ehtimoli borligini o'ylab, bundan qay darajada qayg'urdingiz?
- Yashirmayman, men juda ham bundan qayg'urdim. Albatta, muxlislarning meni maydondan olqishlar bilan kuzatib qo'yishgani yuragimni to'lqinlantirib yubordi. Ularga buning uchun katta rahmat aytmoqchiman. Tabiiyki, jamoaga pand berib qo'yar ekansan, albatta bundan iztirobga tushasan. Ishqilib, durang natijani ushlab qolaylik, yutqazib qo'ymasak bo'ldi, degan fikr xayolimdan ketmadi.
- Qizil kartochka olganingizdan so'ng Boake ham ortingizdan kiyimxonaga qizil kartochka olgan holda yo'l oldi. Uni kiyimxonada ko'rganingizdan hayron qolgandirsiz?
- Martinning ham kiyimxonaga tushganini ko'rib to'g'risi hayron qoldim. Ammo bu futbol va ushbu o'yinda istalgan voqea yuz berishi mumkin. Maydonda doim katta bosim hukmronlik qiladi. Ba'zi-ba'zida ehtiroslar ustunlik qilib, qoida buzganingni ham bilmay qolar ekansan.
«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov «Paxtakor»ga qarshi o'yin (0:0) hamda jamoasidagi qizil kartochkalar va o'zgarishlar haqida fikr bildirdi.
«Andijon» - «Paxtakor» (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
O'yinni qiyin o'tishini bilardik. «Paxtakor» grand jamoa, tarkibida kuchli futbolchilar borligini bilamiz. Kuchli murabbiyga ega. Shuning uchun og'ir kechishini sezgandik, shunga qarab tayyorgarlik ko'rdik. O'z falsafamizdan kechmagan holda iloji boricha to'pni nazorat qilish, hujumkor o'yin ko'rsatishga harakat qildik. Baribir «Paxtakor» bunga qarshilik ko'rsatdi va biz xohlagandek o'yin ko'rsata olmadik. Raqib kuchli edi. O'z maydonimizda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qilishni istagandik. Lekin durang bo'lib qoldi.
- Bitta uchrashuvda ikkita qizil kartochka – bu tartib-intizom masalasida o'ylantiradigan holat. Bu bo'yicha qanday izoh berasiz?
Birinchi vaziyatga keladigan bo'lsak, himoyachimiz pas orqali vaziyatdan chiqib ketmoqchi edi. Buni o'zimiz o'yinchilarimizga tushuntiramiz. Ha, xato bo'ldi. Oxirgi folni qo'lladi. Bu yerda tajovuzkorlik yo'q edi. Bu vaziyatda o'zini to'xtata olmasligi ham mumkin, chunki u oxirgi himoyachi. Darvozaga to'p kirib ketishi mumkinligini o'ylagan holda o'z-o'zidan raqibni ushlab qolish holati bo'ladi. Ikkinchi vaziyatni oqlamagan bo'lardim. To'g'ri aytyapsiz, ko'rib chiqib tegishli chora ko'ramiz.
- Ko'pchilik yana Xamidullo Karimovdan gol kutgandi. Bu futbolchi belgilangan vaqtda tushmagandek tuyuldi. U haqida fikr bildirsangiz.
Avvalgi o'yinlarda Karimov o'yin oxirlarida maydonga tushayotgandi. Bugun esa biroz ertaroq maydonga tushirdim. Ko'proq vaqt bermoqchi bo'ldik. Lekin majburiy o'zgarishlar ham bo'ldi, jarohati sababli o'yinchimiz o'yinni oxirigacha davom ettira olmadi. Xohlaysizmi-yo'qmi, Xamidullo Karimovga qarshi milliy jamoa o'yinchisi o'ynadi. O'zini imkoniyatini ko'rsatish qiyin bo'ladi.
- Maydon markazini kuchaytirish maqsadida Shoxmalik Komilovni maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?
Bo'lardi. Ammo Shoxmalik jamoamizga yaqindagina qo'shildi. O'yin falsafamizni tushuntirib boryapmiz. Vaqti kelib, uni ham maydonga tushiramiz.
- Qanot himoyachisi Mahmud Maxamadjonov o'zini yaxshi tomondan ko'rsatayotgandi. Almashtirilishiga nima sabab bo'ldi?
Majburiy o'zgarish bo'ldi. Uning o'zi jarohati sababli zaxiraga olishimizni so'radi. Natijada almashtirishga majbur bo'ldik.
«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev «Andijon»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Andijon» hamda «Paxtakor» (0:0) bahsidan so'ng «Paxtakor» ustozi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'yinni qiyin bo'lishini bilardik. Yigitlarga tushuntirgandik. Futbolchilar o'z saviyasida o'yin ko'rsatishdi. Butun bahs davomida yaxshi o'yin ko'rsatdik. Gol urdik, hisoblanmadi. G'alaba qozonishga berishmadi, «Andijon» jamoasi emas, bunaqa o'ynash qiyin.
- «Andijon» jamoasi emas, deb aytib o'tdingiz. To'liqroq izoh bera olasizmi?
O'zlari bilishadi, ko'rganlar ham bilishadi. «Andijon» yaxshi jamoa. Lekin bugun biz ochko yo'qotdik. Bizga har bir ochko juda muhim.
- Matbuot anjumanlarida doimo o'yinchilar to'g'risida to'liq ma'lumot berib kelgansiz. Rustam Turdimurodovni «Andijon»ga o'tishi qanchalik haqiqat?
Bilmayman, bu haqida eshitmaganman. Bu gap qaerdan chiqdi, bilmayman!
- Qaydnomadan o'rin olishmagan Xojimat Erkinov va Hojiakbar Alijonovda jarohat bormidi?
Hojimat shu yerda edi, tiklana olmadi. Kichik jarohati bor. Alijonovda ham biroz jarohat bor.
- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga izoh bera olasizmi?
Ko'rib chiqishimiz kerak. Ko'rmasdan turib gapira olmaymiz. Ko'rganimizdan keyin aytsa bo'ladi.
- «Paxtakor» chempionlik uchun kurashyapti. Bugungi durang jamoangizni chempionlik yo'lidagi imkoniyatlariga qanchalik ta'sir qiladi?
Hali chempionatni yarmi oldinda. Oldinda ikkinchi davra turibdi, ko'p o'yinlar bor. Hozir hamma ochko yo'qotyapti. Barcha jamoalar kuchli, yengil bo'lmaydi. Baribir biz oxirigacha kurashamiz. Oldimizda maqsadimiz bor. Faqat keyingi o'yinlarni yutishga harakat qilamiz.
Toshkent derbisidan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Toshkent derbisidan so'ng Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
Tojiyev: - Bahsni yaxshi boshladik, ilk daqiqadayoq juda qulay vaziyatdan foydalana olmadik. Ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovurdik. Shu sababli o'yin oxiri yana asabiy kechdi. Kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Mashg'ulotlarda buni yigitlarga ko'rsatyapmiz. Vaziyatlar yetarlicha bor, ulardan aniq foydalansak bas. Keyingi uchrashuvlarda ijobiy o'zgarishlar qilishga intilamiz. Uzoq muddatli tanaffusdan keyin ruhan tiklanishimiz qiyin kechmoqda. Buni tuzatishga urinamiz.
Tez orada yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolashimiz kutilmoqda. Bu bizga yordam beradi deb o'ylayman.