Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi
Serxio Buskets murabbiylik faoliyatini boshlash uchun «Barselona»ning yoshlar jamoasi – «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
🚨 Karlos Monfort xabariga ko'ra, Serxio Buskets murabbiylik faoliyatidagi ilk qadamlarini tashlamoqchi va shu maqsadda «Barselona» bilan muzokaralar o'tkazgan. U «Barsa Atletik» murabbiylar shtabiga qo'shilishni rejalashtirmoqda.
Busketsning maqsadi – murabbiylar shtabi ishini ichkaridan o'rganish va kundalik jarayonlar bilan yaqindan tanishish.
Hozircha unda bosh murabbiy sifatida ishlash uchun zarur bo'lgan litsenziya yo'q, biroq u Belletti bilan birga amaliyot o'tash, jamoaning kundalik mashg'ulotlarida qatnashish va «Barsa» kabi klub murabbiylar shtabi qanday ishlashini bevosita kuzatishni istamoqda.