Raul Asensio jarohat oldi
Real Madrid himoyachisi Raul Asensio jarohat oldi va 6 haftaga safdan chiqdi.
🚨 Rasman: Raul Asensio o'ng oyog'i son mushagidan jarohat oldi.
U 6 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Real Madrid himoyachisi Raul Asensio jarohat oldi va 6 haftaga safdan chiqdi.
🚨 Rasman: Raul Asensio o'ng oyog'i son mushagidan jarohat oldi.
U 6 hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldinining qizi Valentina 30 yoshida vafot etdi. U og'ir kasallikdan aziyat chekar edi.
Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldinining qizi Valentina Baldini 30 yoshida olamdan o'tdi. U tug'ilgandan buyon og'ir shakldagi spastik tetraparez kasalligidan aziyat chekar edi.
Baldini qizi uning hayotga bo'lgan qarashlarini o'zgartirgani va eng muhim narsalarni qadrlashni o'rgatganini ko'p bora ta'kidlagan:
Valentina menga hech narsa talab qilmasdan sevishni o'rgatdi.
Peruja va Fiorentina klublari Baldini va uning yaqinlariga hamdardlik bildirib, qo'llab-quvvatlash so'zlarini e'lon qildi.
Avvalroq murabbiy shifokorlar qiziga tug'ilgandan buyon uzoq umr ko'rish bo'yicha ijobiy prognoz bermaganini, biroq u 30 yil yashaganini aytib o'tgandi. U o'z intervyularidan birida shunday degandi:
U men uchun doimo kichkina qizaloq bo'lib qoladi.
Real Madrid futbolchilari Xausen va Ryudiger "Fiorentina"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishmaydi.
Cope xabariga ko'ra, Xausenda o'ng oyog'ida kichik mushak zo'riqishi kuzatilgan, shu sababli u «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini (1 avgust) o'tkazib yuboradi. Biroq, himoyachidagi noqulaylik jiddiy xarakterga ega emas.
Ryudiger esa «Madrid» bilan bo'lajak uchrashuvga yo'l olmadi, chunki u jamoa bilan mashg'ulotlarni endigina boshladi.
Liverpul darvozabonlar murabbiyi Xavi Valero o'rniga Napoli mutaxassisi Alexandro Rosalen tayinlandi.
Liverpul klubi darvozabonlar murabbiyi Xavi Valero o'z lavozimini tark etdi. Uning o'rniga Napoli klubi mutaxassisi Alexandro Rosalen tayinlandi. Rosalen yaqin vaqt ichida jamoaga qo'shiladi.
Ma'lumot uchun, Rosalen 2021-yildan buyon Napoli tizimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa u 8 yil davomida Fiorentina klubida faoliyat yuritgan.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun Telegram orqali kiring.