Marko Asensio «Real Madrid»ni tark etish niyati yo'qligini va jamoada qolib, murabbiy ishonchini qozonishga harakat qilishini ma'lum qildi.
📰 AS: «Real Madrid» yozgi transferlar oynasi yakunlangunga qadar yana bir markaziy himoyachini tarkibga qo'shib olishi uchun amaldagi himoyachilardan biri bilan xayrlashishi kerak. Antonio Ryudiger bilan shartnoma uzaytirilganini inobatga olsak, klubni aynan Marko Asensio tark etishi kerakdek ko'rinmoqda.
23 yoshli futbolchi klub rahbariyatiga jamoani tark etish niyati yo'qligini va Joze Mourinyuni o'zining munosib ekanligiga ishontirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
📰 Marca: «Real Madrid» uchun transfer oynasi hali yopilgani yo'q. Ayrim futbolchilar hali ham klubni tark etishi yoki jamoaga kelib qo'shilishi mumkin.
Real Madrid futbolchilari Xausen va Ryudiger "Fiorentina"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishmaydi.
Cope xabariga ko'ra, Xausenda o'ng oyog'ida kichik mushak zo'riqishi kuzatilgan, shu sababli u «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini (1 avgust) o'tkazib yuboradi. Biroq, himoyachidagi noqulaylik jiddiy xarakterga ega emas.
Ryudiger esa «Madrid» bilan bo'lajak uchrashuvga yo'l olmadi, chunki u jamoa bilan mashg'ulotlarni endigina boshladi.
BILD xabariga ko'ra, Antonio Ryudiger Yurgen Klopp tayinlangach, Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.
BILD xabariga ko'ra, 2026-yilgi jahon chempionatining 1/16 finalida Paragvayga qarshi kechgan bahsdan so'ng, Antonio Ryudiger Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash niyatida ekanini jamoadoshlariga ma'lum qilgan.
Biroq, Yurgen Klopp «bundestim» bosh murabbiyi etib tayinlangach, 33 yoshli himoyachi Germaniya terma jamoasi safida o'ynashda davom etish variantini ochiq qoldirdi.