#Perugia — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Silvio Baldini farzandi vafot etdi

Silvio Baldini farzandi vafot etdi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldinining qizi Valentina 30 yoshida vafot etdi. U og'ir kasallikdan aziyat chekar edi.

Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Silvio Baldinining qizi Valentina Baldini 30 yoshida olamdan o'tdi. U tug'ilgandan buyon og'ir shakldagi spastik tetraparez kasalligidan aziyat chekar edi.

Baldini qizi uning hayotga bo'lgan qarashlarini o'zgartirgani va eng muhim narsalarni qadrlashni o'rgatganini ko'p bora ta'kidlagan:

Valentina menga hech narsa talab qilmasdan sevishni o'rgatdi.

Peruja va Fiorentina klublari Baldini va uning yaqinlariga hamdardlik bildirib, qo'llab-quvvatlash so'zlarini e'lon qildi.

Avvalroq murabbiy shifokorlar qiziga tug'ilgandan buyon uzoq umr ko'rish bo'yicha ijobiy prognoz bermaganini, biroq u 30 yil yashaganini aytib o'tgandi. U o'z intervyularidan birida shunday degandi:

U men uchun doimo kichkina qizaloq bo'lib qoladi.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.