Ronsero: Guler «Real»da yangi Ozilga aylanadi
AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero Arda Gulerning «Real»dagi o'yini va uning kelajagi haqida fikr bildirdi.
📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Gulerning «Madrid» o'yiniga ta'siri – o'rtoqlik uchrashuvi yakunlari bo'yicha eng ijobiy jihat. 21 yoshli turkiyalik futbolchi nihoyat o'zining eng yuqori sport formasiga chiqdi, shuning uchun kecha u o'zi istagandek o'ynadi. Guler Mourinyu qo'l ostida «yangi Ozil»ga aylanadi.