Real Madrid futbolchilari jarohat va tayyorgarlik sabab o'yinni o'tkazib yuborishadi
Real Madrid futbolchilari Xausen va Ryudiger "Fiorentina"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishmaydi.
Cope xabariga ko'ra, Xausenda o'ng oyog'ida kichik mushak zo'riqishi kuzatilgan, shu sababli u «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini (1 avgust) o'tkazib yuboradi. Biroq, himoyachidagi noqulaylik jiddiy xarakterga ega emas.
Ryudiger esa «Madrid» bilan bo'lajak uchrashuvga yo'l olmadi, chunki u jamoa bilan mashg'ulotlarni endigina boshladi.