U21 chempionati 15-turida Bunyodkor jamoasi uchrashuvga kelmagani uchun texnik mag'lubiyat qayd etildi.
U21 chempionati 15-tur o'yinlari davom ettirildi.
Bunyodkor U21 klubi Qizilqum bilan uchrashuvga kelmagani uchun o'yin bekor qilindi va Qizilqum U21 jamoasiga 3:0 hisobidagi texnik g'alaba, Bunyodkor U21 jamoasiga esa 0:3 hisobidagi texnik mag'lubiyat yozildi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qilib, joriy mavsumning eng yosh futbolchisiga aylandi.
Muhammadjon Hakimov Paxtakorga qarshi bahsda Bunyodkor tarkibida Superligada debyut qildi va ushbu mavsum maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi (16 yosh, 295 kunlik).
Ma'lumot uchun, 2025-yilda ham Bunyodkor jamoasi futbolchisi mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan edi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida o‘zining 2200-golini urdi. Bu natijaga Bunyodkorga qarshi o‘yinda Doston Hamdamov erishdi.
Paxtakor O‘zbekiston chempionatida 2200-golini urdi. Bunyodkor bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to‘p «sherlar»ning O‘zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Bunyodkor jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma’lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Bunyodkor futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi.
Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz! Bunyodkor Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Bunyodkor futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar yuzasidan rasmiy bayonot berib, vaziyatdan chiqish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini ma’lum qildi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qiladi: avvalo Bunyodkor futbol klubining bugungi kuni uchun qayg‘urayotgan OAV xodimlari, muxlislar, bloggerlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Klubimiz iqtisodiy tomondan qiyin kunlarni boshdan o‘tkazayotgani rost. Ammo o‘zining ajoyib tarixi, katta infratuzilmasi, ikki yulduzli akademiyasiga ega klubimiz vaziyatdan chiqish uchun jiddiy ish olib bormoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining qarori bilan hukumatimiz tomonidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni klub hisob raqamiga yo‘naltirishni tezlashtirish, qolaversa, klubga homiy biriktirish masalalari bo‘yicha ishlar jadallashgan. Jamoamiz ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shunga umid qilamizki, davlatimiz rahbari yurtimizda futbolga juda katta e’tibor qaratayotgan bir davrda Bunyodkor futbol klubidagi vaziyat hukumatimiz tomonidan e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Shuhrat Maqsudov «Bunyodkor» futbol akademiyasining bosh direktori etib tayinlandi. Mutaxassis o‘zbek futbolidagi boy tajribasi bilan akademiyaga hissa qo‘shadi.
Shuhrat Maqsudov o‘zbek futbolida katta tajriba va boy faoliyatga ega mutaxassis bo‘lib, futbolchi va murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarga erishgan. Ularning bilim va tajribasi Akademiyada yosh futbolchilarni tarbiyalash, zamonaviy futbolni rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni professional futbolga tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuhrat Maqsudovni yangi lavozimi bilan samimiy tabriklaymiz va ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik hamda Akademiyamiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz.
Doston Hamdamov "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'p "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi tarixiy 2200-goliga aylandi.
"Bunyodkor" bilan uchrashuvda Doston Hamdamov kiritgan to'p "Sherlar"ning O'zbekiston chempionatidagi 2200-goliga aylandi.
Milliy chempionatlardagi ilk golimizni Oleg Sinelobov 1992-yil Kosonsoyda "Kosonsoychi" jamoasi darvozasiga urgan. 100-gol esa Shuhrat Maqsudov hisobiga yozilgan. Himoyachi bo'lishiga qaramay, Ulug'bek Ro'zimov ikki bor yubiley gollari muallifiga aylangan. Zayniddin Tojiyev, Aleksandr Geynrix va Igor Sergeyev ham shunday natijaga erishganlar. Geynrix "Paxtakor"ning 1000-golini urgani e'tiborga molik. 2005-yil Toshkentda "Metallurg"ga qarshi bellashuvda u bunga muvaffaq bo'lgan. 2000-gol 2022-yil Bekoboddagi bahsda Aziz Turg'unboyev hisobiga yozilgan.
Quyida yubiley gollar mualliflari bilan tanishing:
1 - Oleg Sinelobov 100 - Shuhrat Maqsudov 200 - Ulug'bek Ro'zimov 300 - Ulug'bek Ro'zimov 400 - Samad Narziqulov 500 - Igor Shkvirin 600 - Soli Qurbonov 700 - Leonid Koshelev 800 - Server Jeparov 900 - Zayniddin Tojiyev 1000 - Aleksandr Geynrix 1100 - Iheruome Uche 1200 - Zayniddin Tojiyev 1300 - Aleksandr Geynrix 1400 - Sherzod Karimov 1500 - Oybek Qilichev 1600 - Stanislav Andreyev 1700 - Igor Sergeyev 1800 - Marat Bikmayev 1900 - Igor Sergeyev 2000 - Aziz Turg'unboyev 2100 - Abdulla Abdullayev 2200 - Doston Hamdamov