📰 L'Equipe xabariga ko'ra, Maykl Olise "Real Madrid"ga o'tishga qaror qildi va "qirollik klubi" bu haqda xabardor. Futbolchi shaxsiy suhbatlarda Madridga borish istagini yashirmayapti. U bu masalani Dayo Upamekano, shuningdek, Kilian Mbappe va Orelien Tchuameni bilan muhokama qilib, "Real" haqida ma'lumotlar olgan.
Florentino Peres ham Oliseni qo'lga kiritishga intilmoqda, chunki u futbolchini Mbappe uchun eng yaxshi assistent deb hisoblaydi. Shu bois, "Real Madrid" JCh yakunlangach, 24 yoshli futbolchining transferi uchun bor kuchini ishga soladi. Klub tez orada ushbu kelishuv ustida ishlashni boshlaydi.
Upamekano bir necha hafta davomida Oliseni "Bavariya"da qolishga ko'ndirishga urinmoqda, ammo hozircha bunga erisha olgani yo'q.
Shu bilan birga, Olise Angliya Premyer-ligasi jamoalariga o'tishdan manfaatdor emas. Uni faqat "Real Madrid" qiziqtiradi. U bu klubni tarixda eng yaxshisi deb biladi va shu yozda Madridga o'tishni istaydi.
Biroq, "Bavariya" hamon Olise sotilmasligini ta'kidlamoqda.