💭 Xil Marin Xulian Alvares atrofidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi:
Mening pozitsiyam aniq, klubning pozitsiyasi ham aniq. Biz bu haqda o'yinchi, uning vakillari va «Barselona» prezidentiga ma'lum qildik.
Menda «Atletiko» Xulian uchun dunyodagi eng to'g'ri joy ekanligiga va Xulian «Atletiko Madrid» uchun ideal markaziy hujumchi ekanligiga hech qanday shubha yo'q. Biz uni saqlab qolmoqchimiz.
Yaqinda prezident taklif qilingan summa cheksiz emasligini aytganini eshitdim. Mening yagona javobim: «bizning javobimiz cheksiz».
Biz uni qo'yib yubormoqchi emasmiz. Biz 100 million yevrolik taklifni qabul qilmadik va 150 million yoki hatto 200 million yevrolik taklifni ham qabul qilmaymiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!