Liverpul AQSHdagi mavsumoldi turnega yo'l oladi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 18

Liverpul AQSHdagi mavsumoldi turnega yo'l oladi

Jahon chempionati yakunlangach, «Liverpul» yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlamoqda. The Athletic jurnalisti Jeyms Pirs ushbu jarayon tafsilotlari bilan bo'lishdi:

🛑 Dushanba kuni «Liverpul» ikki haftalik mavsumoldi turnesi uchun AQSHning Chikago shahriga yo'l oladi. Jamoa intensiv mashg'ulotlardan tashqari, Neshvill, Nyu-York va Chikagoda uchta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

🛑 AQSHdagi turne doirasidagi raqiblar qatoridan «Sanderlend», «Rekshem» va «Lids» o'rin olgan. Shundan so'ng jamoa Angliyaga qaytadi va 9 hamda 16-avgust kunlari «Enfild»da «Monako» va «Komo»ga qarshi o'rtoqlik o'yinlari bilan tayyorgarlikni yakunlaydi.

🛑 «Liverpul» AQSHga jahon chempionatida ishtirok etgan 8 nafar futbolchisiz yo'l oladi: van Deyk, Gravenberx, Gakpo, Virts, Isak, Alisson, Mak Allister va Munyos. Ularning ta'tili davom etmoqda yoki endigina boshlanmoqda.

🛑 Shu bilan birga, Gravenberx, Virts va Isak keyingi dam olish kunlari, Nyu-York va Chikagodagi so'nggi ikki o'yin oldidan jamoaga qo'shilishadi.

🛑 Hozirda jarohatidan tiklanayotgan Ekitike, Leoni va Bredli reabilitatsiyani davom ettirish uchun jamoa bilan birga AQSHga borishni rejalashtirmoqda.

🛑 Turne uchun tarkib hali to'liq tasdiqlanmagan, ammo yoshlar jamoasi vakillarining yakuniy ro'yxatga kirish imkoniyati yuqori: nomzodlar orasida Josh Eyb, Uill Rayt, Kiran Morrison, Jeyms Makkonnell, Lyuis Kumas, Josh Sonni-Lembi, Mor Talla Ndiaye, Lyuk Chembers va Ifeani Ndukve bor.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!