Yan Koutu "Komo"ga o'tishga yaqin
Yan Koutuning "Komo"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda. "Borussiya" Dortmund Ryuersonning jarohati sababli yakuniy qarorni kechiktirmoqda.
🟡 Yan Koutu "Komo"ga o'tishga yaqin.
🤝 "Komo" va Dortmundning "Borussiya" klublari Yan Koutuni bir mavsumga ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Shartnomada futbolchini 20 million yevro evaziga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan. Futbolchining o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ushbu transferga rozi.
⏳ Biroq, transfer Yulian Ryuersonning jarohati sababli kechikmoqda. "Borussiya" hali braziliyalik futbolchining ketishiga yakuniy ruxsatni bermadi.
📌 TMW xabariga ko'ra, "Komo" vaziyatni yaqin soatlar ichida hal qilishni rejalashtirmoqda.