📰 AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» va Vinisius Junior shartnomani uzaytirish bo'yicha yakuniy kelishuvga erishish uchun uchrashuv belgilashdi. Vaziyat o'zgardi va endilikda klub braziliyalik futbolchi yangi shartnomaga imzo chekishiga to'liq ishonch bildirmoqda.
So'nggi kunlarda tomonlar o'rtasida bir nechta muzokaralar o'tkazildi va ularning yakuniga ko'ra o'zaro tushunishga erishildi: shartnoma uzaytirilishi shart. Aynan shu sababli «qaymoqranglilar» rahbariyati kelishuv yakunlanishiga katta optimizm bilan qaramoqda va Vinisius yangi shartnomaga imzo chekishini kutmoqda.
Yakuniy uchrashuv iyul oyining oxiriga belgilangan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!