Paulo Fonseka Malik Fofana bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi
Paulo Fonseka Malik Fofananing sog'lig'i bilan bog'liq vaziyat yuzasidan izoh berdi. Futbolchi hali ham jamoaga qo'shila olmayapti.
Paulo Fonseka «Lion» va «Servett» o'rtasidagi o'yindan so'ng Malik Fofana haqidagi savolga javob berar ekan, quyidagilarni ta'kidladi:
Men u bugun bir necha daqiqa o'ynashi kerakligini aytgandim va har doim imkon qadar haqiqatni gapirishga harakat qilaman.
Portugaliyalik murabbiyning va'dalariga qaramay, belgiylik vinger chorshanba oqshomida Burguen-Jalye shahrida o'tkazilgan o'yin qaydnomasiga kiritilmadi. Bu holat muxlislarning noroziligiga sabab bo'lmoqda, ular olti oydan beri futbolchining maydonga qaytishini kutishmoqda.
Dastlab Fofana yanvarda, keyin fevral va mart oylarida safga qaytishi kutilgandi. Yozgi tanaffus va to'liq tayyorgarlikdan so'ng Malik Fofanani maydonda ko'rishga umid qilingan edi. Biroq, futbolchi dastlabki uchta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib yubordi va yaqin vaqt ichida maydonga tushishi dargumon.
Biz Malik bugun oqshom biz bilan bo'lishini rejalashtirgandik. Ammo so'nggi kunlarda shubhalar paydo bo'ldi. Biz tavakkal qila olmaymiz.
Fofana uchun qisqartirilgan yozgi tayyorgarlik klub ichida ko'plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Fonsekaning so'zlariga ko'ra, belgiylik futbolchi Angliyadagi jarrohlarga ham murojaat qilgan.
O'ylaymanki, so'nggi kunlarda Malikni Angliyada ko'zdan kechirgan jarrohlar Lionda uni operatsiya qilgan shifokorlar bilan uchrashuv o'tkazishadi. Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilaman.
Fonseka futbolchining mashg'ulotlardagi munosabatini ijobiy baholadi, ammo vaziyatning murakkabligini tan oldi:
Haqiqat shundaki, u mavsumni og'riqlar bilan boshladi va jarrohlar keyingi qarorni qabul qilish uchun vaziyatni tushunib olishlari kerak.
Malik Fofana «Olimpik Lion» uchun «ichki kuchaytirish» vazifasini o'tashi kutilgan edi, ammo hozirda uning holati klub uchun katta noaniqlik bo'lib qolmoqda. Shunga qaramay, Paulo Fonseka futbolchi tezroq safga qaytib, jamoa bilan birga normal ishlashini umid qilmoqda.