Klod Makelele: "Mbappega bildirilayotgan tanqidlar bilan kelisha olmayman"
Klod Makelele Kilian Mbappega qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirib, "Real Madrid"ga nima yetishmayotganini aytdi.
Klod Makelele ("Real Madrid" sobiq yarim himoyachisi): "Mbappega bildirilayotgan tanqidlarmi? Men bunga qo'shilmayman. Ko'pchilik Kilianni tanqid qiladi, lekin u hujumchi. U doimo gol urishni istaydi.
"Real Madrid"da to'pni oldinga suradigan va raqib chiziqlarini yorib o'tadigan markaziy yarim himoyachi yo'q. Jamoaga aynan shunday uslubdagi futbolchi kerak, u to'plarni hujumchilarga: Mbappe, Vinisius va boshqalarga tez yetkazib bera oladi.
Kilian juda ko'p hollarda to'p uchun maydon markaziga tushib kelmoqda. Lekin u holda hujumda kim harakat qiladi?! Mbappe raqib jarima maydonchasida bo'lganida, u gol uradi".