«Bavariya» dastlab Noel Aseko'ni kelasi mavsum uchun asosiy tarkibda olib qolishni rejalashtirgandi.
👀 Goretska ketganidan so'ng, u Tom Bishof bilan birga yarim himoyada o'z o'rniga ega bo'lishi va rivojlanishda davom etishi kerak edi.
Klub Aseko'ni tezda qaytarib oldi, biroq so'nggi haftalarda rejalar o'zgardi.
📊 Bunga ikki omil sabab bo'ldi: yangi futbolchi Nathaniel Braun tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynay oladi (bu zaxira masalasini hal qildi), «Bavariya»ga esa sotuvlardan zudlik bilan mablag' kerak.
Dastlab myunxenliklar Aseko uchun 15 million yevro atrofida mablag' so'rashgan, ammo Frankfurtning «Ayntraxt» klubi bilan muzokaralardan so'ng tomonlar 13 million yevro atrofidagi kelishuvga yaqin turibdi.
📈 Transfer haqiqatga yaqinlashmoqda, tomonlar yaqin uchrashuvlarda qolgan tafsilotlarni kelishib olishadi.
📰 Kicker
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!