Ivan Dzadzaroni: "Inter"ning muammosi pulda emas, balki transfer inflatsiyasida"
Ivan Dzadzaroni "Inter"ning transfer siyosati va Oaktree tomonidan o'rnatilgan moliyaviy cheklovlar haqida fikr bildirdi.
Ivan Dzadzaroni:
"Gap "Inter"da pul yo'qligida emas. Shunchaki hozir chempionatimiz transfer inflatsiyasi davrini boshdan kechirmoqda: bir necha yil avvalgi holatga nisbatan klublar daromadi deyarli ikki barobar oshdi, ammo xarajatlar bir necha barobarga ko'payib ketdi.
Natijada biz avvalgi darajada raqobatlasholmayapmiz. Bu Palestra bilan bog'liq tarixda ko'rinib qoldi, xuddi shu holat Kertis Jons bilan ham yuz berishi mumkin.
Men Auzilioni ayblamayapman va ayblay olmayman ham: u Oaktree'ga bog'liq. Oaktree limit o'rnatadi va shunday deydi: "25 milliondan ortiq sarflamang". Xo'sh, bugungi kunda 25 millionga kimni sotib olish mumkin?
Bu "Inter"ni tanqid qilish emas. Auzilio erkin agentlar bozorida ajoyib ishni amalga oshirdi va klubning moliyaviy barqarorligini ta'minladi. Ammo endi, daromadlar o'sib, klub nazariy jihatdan katta xarajatlarga yo'l qo'yishi mumkin bo'lganda ham, Oaktree tomonidan kiritilgan cheklovlar o'z kuchida qolmoqda".