Barselona Jyul Kunde uchun qancha talab qilmoqda?
«Barselona» himoyachisi Jyul Kunde uchun qancha mablag' talab qilmoqda va «Bavariya» qancha taklif qildi?
🚨 Sport xabariga ko'ra, «Barselona» Jyul Kunde bo'yicha tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, ammo kataloniyaliklar himoyachi uchun 50 milliondan 60 million yevrogacha bo'lgan mablag'ni kutmoqda.
«Bavariya» allaqachon futbolchiga qiziqish bildirgan, biroq mavjud ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi 40 million yevrodan ortiq taklif berishga tayyor emas. «Barselona» esa bu summani yetarli emas deb hisoblamoqda.