Bavariya Vinisius Junior transferiga qiziqish bildirmayapti
Kristian Falkning ma'lum qilishicha, Bavariya Vinisius Junior transferiga qiziqish bildirmayapti. Nemis klubi futbolchining maoshi va xarakteridan xavotirda.
🖥 Kristian Falk xabariga ko'ra: "Ayrim OAVlardagi ma'lumotlarga qaramay, Bavariya yozgi transfer oynasida Vinisiusni o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor emas.
Myunxenliklar 26 yoshli vingerga bunchalik yuqori maosh to'lash niyatida emas. Qolaversa, Bavariyada jamoa ichidagi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan o'yinchilarga nisbatan doimo ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishgan.