Dani Sebalyos to'qqiz yildan so'ng "Betis"ga qaytishni kutmoqda. Klub futbolchini tarkibga qo'shib olish uchun joy bo'shatish ustida ishlamoqda.
AS xabariga ko'ra, Dani Sebalyos to'qqiz yildan so'ng "Geliopolis"ga qaytish uchun "Betis"dan yakuniy qarorni kutmoqda. Futbolchining o'zi jamoaga qaytishni istamoqda, klub esa unga joy bo'shatish maqsadida boshqa o'yinchilar bilan xayrlashish jarayonini tezlashtirmoqda.
Ayaks Dani Sebalyosni o'z safiga qo'shib olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bosh murabbiy Michel futbolchi bilan bog'lanmoqda.
😀 "Ayaks" Dani Sebalyosni o'z safiga qo'shib olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, bosh murabbiy Michel ispaniyalik yarim himoyachiga har kuni qo'ng'iroq qilib, uni Amsterdam klubiga o'tishga ko'ndirishga urinmoqda.
Dani Sebalyos ijtimoiy tarmoqlarda "Real Betis"ga ishora qiluvchi xabar qoldirdi. Yarim himoyachi klubga o'tishini kutib, individual mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
Dani Sebalyos o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi post qoldirdi:
"Men seni shu yerda, men bilan bo'lishing uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, o'shancha kutaman".
Yarim himoyachi "Real Betis"ga o'tishini kutgan holda individual tarzda shug'ullanishda davom etmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Ayaks» bosh murabbiyi Mishel Dani Sebalosni jamoaga olib kelish uchun futbolchi bilan har kuni bog'lanmoqda.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, «Ayaks» bosh murabbiyi Mishel Dani Sebalosni o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Amsterdam klubi ispaniyalik yarim himoyachini tarkibga qo'shib olishdan hamon umidvor.
Manbaning ta'kidlashicha, murabbiy futbolchini ko'ndirish uchun u bilan har kuni telefon orqali bog'lanmoqda. Sebalos uchun kurashda «Real Betis» ham o'z da'vogarligini saqlab qolgan.
Dani Sebalyos "Real" bilan xayrlashishga yaqin. Yarim himoyachiga "Atletiko", "Betis" va "Ayaks" klublari qiziqish bildirmoqda.
📺 Telemadrid ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" Dani Sebalyosni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor klublardan biri hisoblanadi. "Matraschilar"dan tashqari, futbolchiga "Ayaks" va "Betis" ham qiziqish bildirmoqda.
Moretto (Relevo sobiq jurnalisti) xabariga ko'ra, Sebalyos xizmatlari "Vilyarreal"ga taklif qilingan. Biroq, yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish "sariq suvosti kemasi" uchun ustuvor vazifa emas. Shu bilan birga, 29 yoshli futbolchiga "Ayaks" va "Betis" qiziqishda davom etmoqda.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, hozirda Sebalyos Sevilyada. Futbolchi "Betis"ga erkin agent sifatida qaytish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
🖥 The Athletic (Kortegana) yozishicha, Sebalyos "Real" bilan amaldagi shartnomasining so'nggi yili uchun maoshidan voz kechgan, bu orqali u klubni erkin agent sifatida tark etishni maqsad qilgan.