Dani Sebalyos "Real"ni tark etishi mumkin
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 26

Dani Sebalyos "Real"ni tark etishi mumkin

📺 Telemadrid ma'lumotiga ko'ra, "Atletiko" Dani Sebalyosni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor klublardan biri hisoblanadi. "Matraschilar"dan tashqari, futbolchiga "Ayaks" va "Betis" ham qiziqish bildirmoqda.

Moretto (Relevo sobiq jurnalisti) xabariga ko'ra, Sebalyos xizmatlari "Vilyarreal"ga taklif qilingan. Biroq, yarim himoyachini tarkibga qo'shib olish "sariq suvosti kemasi" uchun ustuvor vazifa emas. Shu bilan birga, 29 yoshli futbolchiga "Ayaks" va "Betis" qiziqishda davom etmoqda.

📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, hozirda Sebalyos Sevilyada. Futbolchi "Betis"ga erkin agent sifatida qaytish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

🖥 The Athletic (Kortegana) yozishicha, Sebalyos "Real" bilan amaldagi shartnomasining so'nggi yili uchun maoshidan voz kechgan, bu orqali u klubni erkin agent sifatida tark etishni maqsad qilgan.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!