Bilolxon Toshmirzayev Bunyodkor jamoasidagi muammolar haqida gapirdi
Bunyodkor futbolchisi Bilolxon Toshmirzayev jamoa qarorgohidagi noqulay sharoitlar va o'yinga tayyorgarlik jarayonidagi muammolar haqida so'zlab berdi.
Bilolxon Toshmirzayev Bunyodkor klubidagi hozirgi holat haqida gapirdi.
Kecha, o'yindan bir kun avval jamoamiz qarorgohida chiroq o'chib qolgan va bir kun davomida u yerda chiroqsiz o'tirdik. Aniqrog'i uxlay olmadik. O'yin kuni kunduz vaqti 2 soatga uxlab oldik. O'yin kuni toliqib qolgandik, charchoq bor edi. Kulguli tuyulishi mumkin, ammo bu rost.