#Markos Lyorente — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Borxa Mayoral: Markos Lyorente ko'plab futbolchilar uchun o'rnak

Borxa Mayoral: Markos Lyorente ko'plab futbolchilar uchun o'rnak

Xetafe hujumchisi Borxa Mayoral Markos Lyorentening futbolchilar mentalitetiga ta'siri haqida gapirdi.

Borxa Mayoral (Real tarbiyalanuvchisi, Xetafe futbolchisi):

Markos Lyorente ko'plab futbolchilarning mentalitetini o'zgartirdi, garchi ba'zilar bu haqda ochiq gapirmasa ham. Men uchun u ko'p narsada o'rnak hisoblanadi.
Antuan Grizmann: Jahon chempionati finalidagi sobiq jamoadoshlarimga omad tilayman

Antuan Grizmann: Jahon chempionati finalidagi sobiq jamoadoshlarimga omad tilayman

Antuan Grizmann Jahon chempionati finalida ishtirok etadigan sobiq jamoadoshlari haqida fikr bildirdi.

Antuan Grizmann:

Jahon chempionati finalida uch nafardan ortiq sobiq jamoadoshlarim maydonga tushadi. Adashmasam, ulardan besh nafari Argentina, uch nafari esa Ispaniya safida o'ynaydi. Ularga faqat omad tilayman. Ularga hech qanday xabar yozmayapman, chunki tasodifan omadsizlik keltirib qo'yishim mumkin.
Fransiyaga qarshi o'yindan bir kun o'tib, Markos Lyorente bilan biroz vaqt o'tkazdim. U juda xursand va butun mamlakat ham shunday deb o'ylayman. Hamma xursandchilik qilmoqda.
Ular bu damlardan zavq olishlari kerak, chunki bu betakror tajriba. Balki bunday imkoniyat boshqa qaytarilmas, shuning uchun ular bor imkoniyatdan foydalanib qolishlari lozim.

O'ng ustun yangiliklari

Markos Lyorente yosh futbolchilar haqida fikr bildirdi

Markos Lyorente yosh futbolchilar haqida fikr bildirdi

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Markos Lyorente yosh iqtidorlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Markos Lyorente:

Ayrim yosh futbolchilar nima qilganimizni hali to'liq anglab yetishmayapti: Pau, Lamin, Gavi va Pedri. Rostini aytsam, bu hatto yaxshiroq.
Bugun hech qanday bosim yo'q edi, vaholanki biz jahon chempionati finalida o'ynayotgan edik.