🗣 Spidy Atlético «Atletiko»ning transfer siyosati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Agar rahbariyat va texnik shtab Xulian, Syorlot, Lukman hamda Grizmann o'rniga Kan In Li bilan nimagadir erishamiz deb o'ylasa, ular qattiq yanglishmoqda va haqiqatdan yiroq. Umid qilamanki, ular buni tezroq anglab yetishadi.
Yo yaxshi formada bo'lgan to'laqonli hujumchini olib kelinglar, yo bo'lmasa uchinchi o'rin uchun kurashib, taqdirga shukr qilib yuraveramiz.
Bu yerda hamma aybdor, jumladan Simeone ham. U hujum chizig'ini kuchaytirish o'rniga Niko uchun pul sarflashni istadi, endi esa uning qat'iyati tufayli kamida 25 million yevro havoga uchadi.
Bu yil Chempionlar ligasi finali «Metropolitano»da bo'lib o'tadi. Agar bu klub tarixidagi eng kuchli jamoani yig'ish uchun yetarli sabab bo'lmasa, unda chiroqni o'chiringlar-da, ketaveringlar. Final o'z uyingda o'tayotgan ekan, g'alaba qozonish imkoniyating yuqori. Jamoani to'liq tarkib bilan shakllantirish kerak edi. Ammo bunday tuyg'u yo'q...
Jamoa kuchaymoqdami? Hozircha ha. Lekin mavsum davomida ko'p gapirilgan sifat o'zgarishini amalga oshirish uchun bu yetarli emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!