Ugu Oliveyra «Famalikau»dan «Strasbur»ga o'tishga yaqin. Murabbiy allaqachon shartnoma imzolagani aytilmoqda.
Seril Oliv-Bert xabariga ko'ra, Ugu Oliveyra «Famalikau»ni tark etib, «Strasbur»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishga tayyor. BlueCo kompaniyasi portugaliyalik mutaxassisni klubga olib kelish uchun uning 4 million yevrolik tovon pulini to'lashga tayyor.
Matteo Moretto ham murabbiy allaqachon shartnoma imzolagani va tez orada «Strasbur» bosh murabbiyi sifatida ish boshlashini ma'lum qildi.
Ugo Oliveyra «Strasbur» bosh murabbiyi sifatida o'zining ilk fikrlari bilan o'rtoqlashdi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.
Ugo Oliveyraning «Strasbur» bosh murabbiyi sifatidagi ilk so'zlari:
«Strasbur»da ekanligimdan juda xursandman. Bu butun Elzasni ifodalovchi, kuchli o'ziga xoslikka ega tarixiy klub. Rahbariyat bilan ilk suhbatlardanoq ularning ambitsiyalarini his qildim va ushbu loyihaning bir qismi bo'lishni istashimni tushundim.
Men uch yillik shartnoma imzoladim, chunki bu yerga uzoq muddatga keldim. Men bilan birga o'zim to'liq ishonadigan to'rt nafar mutaxassisdan iborat shtab keladi. Biz jamoaning rivojlanishiga va muvaffaqiyatga erishishiga yordam bermoqchimiz.
Mening falsafam oddiy: dadil o'ynash va maydonda ustunlik qilish. Menga darvozabon hujumlar qurilishida faol ishtirok etadigan, butun jamoa esa to'p yo'qotilgandan so'ng uni tezda qaytarib oladigan 4-3-3 sxemasi yoqadi. Zamonaviy futbolda aynan o'tish fazalari ko'pincha o'yin taqdirini hal qiladi.
Muxlislar o'z jamoasi bilan faxrlanishlarini istayman. Ishonchim komilki, biz birgalikda o'ziga xos natijalarga erisha olamiz».
Seril Oliv-Bert xabariga ko'ra, Ugu Oliveyra «Strasbur» jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ldi. Mutaxassis dushanba kuni ish boshlaydi.
⚡️ Seril Oliv-Bert (🌕): «Strasbur» Ugu Oliveyrani yangi bosh murabbiy sifatida tanladi. U dushanba kuni ilk mashg'ulotni o'tkazishi kutilmoqda. Shartnoma ertaga imzolanadi.
Marc Mechenoua xabariga ko'ra, Ugu Oliveyra kelasi haftaning boshida «Strasbur» bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda.
🚨 Marc Mechenoua xabariga ko'ra, Ugu Oliveyra kelasi haftaning boshida «Strasbur» bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda. Hozirda uning amaldagi klubi «Famalikan» bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o'tmoqda va kelishuv yakuniga yetish arafasida.