Zabihillo O'rinboyev rasman «So'g'diyona» futbolchisiga aylandi. Tomonlar mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashdi.
Yozgi transferlar mavsumida jamoamiz tarkibi yana bir mahoratli hujumchi bilan to'ldirildi. Zabihillo O'rinboyev rasman «So'g'diyona» futbolchisiga aylandi.
Tomonlar o'rtasida mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.
Zabihillo O'rinboyev faoliyati davomida O'zbekistonning turli yosh toifalaridagi terma jamoalari safida muvaffaqiyatli to'p surgan. Shuningdek, u O'zbekiston Superligasida 215 ta uchrashuv o'tkazib, katta tajriba to'plagan futbolchilardan biri hisoblanadi.
Zabihillo O'rinboyevga «So'g'diyona» safida omadli mavsum va yorqin g'alabalar tilaymiz!
Mahoratli yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi Namanganda sovrinlar yutishni maqsad qilgan.
Jamoamiz yozgi transfer oynasidan unumli tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Bugun mahoratli yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
«Navbahor»dan taklif bo‘lganida, buni ikkilanishsiz qabul qildim. Bunga esa jamoaning o‘zi qatnashayotgan musobaqalarda o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yganligi, qolaversa, namanganliklar tarkibida ko‘plab do‘stlarim to‘p tepishayotgani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, menga begona bo‘lmagan murabbiy bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ayniqsa, jamoaning muxlislari ham yurtimizdagi eng yaxshi muxlislar armiyasi hisoblanishadi. Ular doimo stadionni to‘ldirib o‘tirishadi. Tomoshabinlar bilan to‘lgan stadionda futbol o‘ynash esa har bir futbolchiga zavq bag‘ishlaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar sababli, bugun biz birgamiz.
Namanganga shunchaki futbol o‘ynagani kelmadim. «Navbahor» safida ko‘plab sovrinlar yutib, namanganlik muxlislarning qalbidan joy olish istagidaman», - dedi «lochinlar»ning yangi a’zosi Jasurbek Jaloliddinov.
So‘g‘diyona yarim himoyachisi Otabek Ahadov faoliyatini Koreya Respublikasining Busan klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
⚪️ So‘g‘diyona a'zosi Otabek Ahadov faoliyatini Koreya Respublikasining Busan klubida davom ettiradi. Futbolchiga yangi jamoada omad va zafarlar tilaymiz!
Filip Ivanovich «So‘g‘diyona» bilan shartnomasini 2028-yil yakuniga qadar uzaytirdi.
Filip Ivanovich «So‘g‘diyona» klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2028-yilning 31-dekabriga qadar mo‘ljallangan. ⚪️
Otabek Jo'raqo'ziyev «So'g'diyona»dan «Qizilqum» safiga o'tdi. Tomonlar mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
Otabek Jo'raqo'ziyev — «Qizilqum» futbolchisi!
Ushbu mavsumdan Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasida to'p tepib kelayotgan yosh va umidli hujumchi, O'zbekiston kubogi sohibi Otabek Jo'raqo'ziyev endilikda «oltin izlovchilar» sharfini himoya qiladi. Klub rahbariyati futbolchi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli hujumchi ushbu mavsumda maydonda 511 daqiqa harakat qilib, o'z hisobiga 2 ta gol hamda bir golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Uning klubdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!
Tajribali hujumchi Zabihillo O‘rinboyev Navbahor safini tark etdi. Futbolchi jamoa tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.
✔️ Zabihillo O‘rinboyev jamoamizni tark etdi
Ayni paytda milliy chempionatimizda davom etayotgan yozgi transfer oynasida jamoamiz tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. Jumladan, tajribali hujumchi Zabihillo O‘rinboyev Navbahor safini tark etdi.
O‘rinboyev lochinlar tarkibida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 310 daqiqa harakat qilib, bitta gol urdi.
Biz jamoamiz safida o‘tkazgan o‘yinlari uchun Zabihillo O‘rinboyevga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov «So'g'diyona»ni tark etdi. Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi.
O'tgan yilgi yozgi transferlar mavsumida jamoamiz safiga kelib qo'shilgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, mahoratli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan o'zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Joriy mavsumda Jasur Jaloliddinov jamoamiz safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi.
Jasur Jaloliddinovga jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.