Jasur Jaloliddinov «So'g'diyona» bilan xayrlashdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov «So'g'diyona»ni tark etdi. Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi.
O'tgan yilgi yozgi transferlar mavsumida jamoamiz safiga kelib qo'shilgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, mahoratli yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov bilan o'zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Joriy mavsumda Jasur Jaloliddinov jamoamiz safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi.
Jasur Jaloliddinovga jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz.