Otabek Jo'raqo'ziyev «Qizilqum» futbolchisiga aylandi
QIZILQUM PFK ↗ ●●●●● Transfer 👁 13

Otabek Jo'raqo'ziyev «Qizilqum» futbolchisiga aylandi

Otabek Jo'raqo'ziyev — «Qizilqum» futbolchisi!

Ushbu mavsumdan Jizzaxning «So'g'diyona» jamoasida to'p tepib kelayotgan yosh va umidli hujumchi, O'zbekiston kubogi sohibi Otabek Jo'raqo'ziyev endilikda «oltin izlovchilar» sharfini himoya qiladi. Klub rahbariyati futbolchi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli hujumchi ushbu mavsumda maydonda 511 daqiqa harakat qilib, o'z hisobiga 2 ta gol hamda bir golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Uning klubdagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!