Jamoamiz yozgi transfer oynasidan unumli tarzda foydalanishga harakat qilmoqda. Bugun mahoratli yarim himoyachi Jasurbek Jaloliddinov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi. Shundan so‘ng, futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
«Navbahor»dan taklif bo‘lganida, buni ikkilanishsiz qabul qildim. Bunga esa jamoaning o‘zi qatnashayotgan musobaqalarda o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yganligi, qolaversa, namanganliklar tarkibida ko‘plab do‘stlarim to‘p tepishayotgani sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, menga begona bo‘lmagan murabbiy bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ayniqsa, jamoaning muxlislari ham yurtimizdagi eng yaxshi muxlislar armiyasi hisoblanishadi. Ular doimo stadionni to‘ldirib o‘tirishadi. Tomoshabinlar bilan to‘lgan stadionda futbol o‘ynash esa har bir futbolchiga zavq bag‘ishlaydi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar sababli, bugun biz birgamiz.
Namanganga shunchaki futbol o‘ynagani kelmadim. «Navbahor» safida ko‘plab sovrinlar yutib, namanganlik muxlislarning qalbidan joy olish istagidaman», - dedi «lochinlar»ning yangi a’zosi Jasurbek Jaloliddinov.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!