«Kristal Pelas»da markaziy himoyachi Charli Kressuellning transferi borasida muammolar yuzaga keldi. 😔
"Burgutlar" yosh ingliz himoyachisiga qiziqish bildirmoqda va uning uchun «Tuluza»ga taxminan 20 million funt sterling to‘lashga tayyor. 💰
Biroq, so‘nggi 48 soat ichida Londonda muzokaralar o‘tkazilganiga qaramay, kelishuvni yakunlash bo‘yicha jarayon to‘xtab qoldi. ➖
«Kristal Pelas» dastlab Maksans Lakruaning sotuvi borasida «Chelsi» bilan kelishib olmoqchi, biroq transfer summasi hali tasdiqlanmagan, ustiga-ustak, futbolchining o‘zi ayni damda jahon chempionatida ishtirok etmoqda. 🤷♂️
Fransiya klubi va Kressuellning agentligi bundan norozi va «Renn» kabi boshqa da’vogarlar bilan muzokara olib bormoqda. Biroq ularga transfer summasi va futbolchining maoshini to‘lash ancha qiyinchilik tug‘dirmoqda. 🥴
"Ko‘k-qizillar" yaqin orada Lakrua bo‘yicha kelishuvga erisha olmasliklari mumkin, shu sababli ular Kressuellni qo‘ldan chiqarib yuborish xavfi ostida turishibdi. 😬
🗣️ | Manba: Alan Nikson