Sport Mediaset xabariga ko'ra, "Inter" Jed Spensning transfer qiymati sababli ushbu futbolchini sotib olish fikridan qaytdi.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, "Tottenxem" Jed Spens uchun 47 million yevro talab qilayotgani "Inter" rahbariyatini cho'chitib qo'ydi. Shu sababli, sport direktori Pyero Auzilio muqobil variantlarga qaytishga majbur bo'ldi va endilikda Gela Due nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, Tottenxem Jed Spens uchun 47 million yevro so'radi. Shuningdek, Kristian Romeroning Interga o'tishi dargumon.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, «Tottenxem» Jed Spens uchun 47 million yevro so'radi. «Inter» hozirgi vaqtda futbolchi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Fabrisio Byasin fikricha:
Hozir tilga olinayotgan raqamlarni hisobga olsak, Kristian Romero «Inter»ga o'tishi mumkinligiga ishonishim qiyin.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, "Inter" Yann Bissek va Karlos Augusto bilan shartnomalarni uzaytirish arafasida.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, "Inter" Yann Bissek bilan 2031-yilga qadar, Karlos Augusto bilan esa 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnomalarni imzolashga yaqin turibdi.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, «Inter» Kristian Romeroni jiddiy nishonga olgan. Jed Spens transferi esa deyarli amalga oshmaydi.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, Kristian Romero «Inter» uchun haqiqiy variant hisoblanadi. «Neradzurrilar» «Tottenxem»dan ketishni so'ragan argentinalik markaziy himoyachini jiddiy nishonga olishgan. London klubi futbolchini 35–40 million yevro atrofida baholamoqda. «Inter» allaqachon Romero vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Shuningdek, «Barselona» va «Atletiko Madrid» ham dastlabki so'rovlar bilan chiqishgan. «Barselona» yangi o'yinchini ro'yxatdan o'tkazishi uchun avval kimnidir sotishi kerak, «Atletiko»ning imkoniyatlari esa sotuvlarga bog'liq.
Jed Spens masalasiga kelsak, u endi «Inter» uchun ustuvor maqsad hisoblanmaydi. Dastlabki muzokaralar bo'lib o'tgan, biroq «Tottenxem» deyarli 50 million yevro so'ragan. «Inter» bu narxni asossiz va qimmat deb hisoblamoqda. Hozirgi pallada Spens transferi amalga oshishi juda dargumon.