📰 AS gazetasi direktor o'rinbosari Ronsero: «Bu yil «Madrid» hali «Santyago Bernabeu» kubogi o'yini o'tkazilishini e'lon qilmadi. Jamoa mavsumni faqat 22-avgustda boshlaydi. Nega endi bu o'yinni o'tkazmaslik kerak?!
G'oyalar ko'p. Masalan, Luka Modrich shartnomasini uzaytirgan «Milan»ga qarshi o'ynash mumkin. «Bernabeu»dagi muxlislar Lukani katta quvonch bilan kutib olishardi.
Shuningdek, Nacho o'ynayotgan «Al-Qadsiya» bilan o'ynash mumkin, u ham «Bernabeu»da xayrlashuv marosimiga loyiq.
Va albatta, «An-Nasr» bilan uchrashuv tashkil qilish mumkin. Krishtianu Ronaldu 8 yildan so'ng «Bernabeu»ga qaytadi... Bunday voqea «Bernabeu»ni uch marta to'ldirib, klub g'aznasiga yaxshigina daromad keltirgan bo'lardi.
Bundan tashqari, ushbu o'yinni yangi kelgan futbolchilar va bosh murabbiyni tanishtirish uchun ham o'tkazish mumkin edi. «Bernabeu» nihoyat to'liq ta'mirlandi: stadion bilan endi maqtansa bo'ladi va buni ko'rsatish kerak.
Ishonchim komilki, 12-avgustdan 22-avgustgacha «Santyago Bernabeu» kubogi uchun vaqt topsa bo'ladi», — deydi u.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!