Roma transfer maqsadlari va Gasperini rejalari haqida
АS ROMA ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 30

Roma transfer maqsadlari va Gasperini rejalari haqida

Davide Rossi (Rete Sport):

Il Romanista kabi ba'zi manbalar Roma uchun asosiy nishon Nusa ekanligini aytishmoqda, boshqalar esa Summervill asosiy nomzod deb hisoblashadi. D'Amiko 22-iyul sanasini belgilab qo'ydi va bu nafaqat Summervill, balki Moreira va Garnacho kabi barcha nomzodlarga ham tegishli. Nazarimda, bu D'Amikoning emas, balki Gasperinining talabi. Gasperini Summervillni o'z jamoasida ko'rishni juda istamoqda. Garnacho masalasida esa, bu tavakkalchilik bo'lardi, ammo 22 yoshli futbolchi o'z faoliyatini qayta tiklashi mumkin.

 

Janluka Piacentini (Rete Sport):

Agar Gasperini va Roma Summervillga bor mablag'ni tikishga qaror qilgan bo'lsa, demak ularda bunga yetarli asoslar bor. Meni futbolchining o'zidan ko'ra Aston Villa raqobati ko'proq tashvishga solmoqda. Roma Summervill uchun 45 million yevro sarflashga tayyorligi meni ajablantirmaydi. Bu klubning investitsiyasi va birinchi marta murabbiy bilan sport direktori bir fikrda ekanligini ko'ryapmiz.

 

Chekko Oddo Kasano (Rete Sport):

Aston Villada ikkita asosiy vinger bor, nima uchun ular Summervillga qiziqayotganini tushunmayapman. Moreira masalasiga kelsak, 30 million yevrodan ortiq pul to'lash tavakkalchilik. Ammo Gasperini uni juda xohlamoqda, chunki futbolchida katta universallikni ko'ryapti. D'Amiko va Gasperini ba'zi nomlar bo'yicha kelishib olishgan.

 

Mario Corsi (Tele Radio Stereo):

Corriere dello Sport nashri Kone atrofidagi vaziyatni noto'g'ri talqin qilmoqda. Ular Moreirani olishadi, chunki uning maoshi unchalik yuqori emas. Summervill bilan bog'liq muammo shundaki, u o'z maoshini 6 million yevrodan pastga tushirishni istamayapti, transfer narxi ham juda yuqori.

 

Paolo Cosenza (Tele Radio Stereo):

Roma Summervillning 45 million yevrolik tovon puli bo'yicha muzokara olib borishga majbur. Agar siz tovon pulini to'lasangiz, barcha mablag'ni birdaniga berishingiz kerak. Roma esa to'lovni 3-4 qismga bo'lib to'lamoqchi, ammo sotuvchi tomon barchasini birdaniga olishni istamoqda.

 

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!