Il Romanista xabariga ko'ra, Roma klubi chap qanot vingeri pozitsiyasi uchun Nusa va Sammervill nomzodlari ustida ishlamoqda. Rimliklar Nusanı asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmoqda. Leyptsig vingeri yosh va istiqbolli bo'lib, dribling hamda tezlik borasida yuqori ko'rsatkichlarga ega. Roma ushbu futbolchi uchun 45 million yevro atrofida mablag' sarflashga tayyor. Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari kelishib olingan, ammo nemis klubi bilan muzokaralar hali yakuniga yetmagan.
Shu bilan birga, Vest Xem a'zosi Sammervill varianti ham ochiq qolmoqda. Niderlandiyalik futbolchi tajribaliroq va Gasperini talablariga mos keladi. Roma futbolchi bilan kelishuvga erishgan, biroq Vest Xem bilan hamon muzokaralar davom etmoqda. Transfer uchun raqobatda Aston Villa ham ishtirok etmoqda.
Hozirgi vaziyatda Garnacho varianti Chelsi bilan muzokaralardagi qiyinchiliklar sababli ortda qolgan. D'Amiko ikki yo'nalishda ish olib bormoqda: Nusa istiqbolli variant bo'lsa, Sammervill tezkor yechim hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!