📰 AS xabariga ko'ra, Olisening yozgi transferi Madrid klubiga deyarli 221 million yevro yoki undan ko'proqqa tushishi mumkin.
📝 Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra: "Peres Olise bilan band. Madrid prezidenti klubdagi boshqa rahbarlarga fransiyalik futbolchi aynan Real Madrid uchun tug'ilganini takrorlashdan charchamayapti".
Qanday bo'lmasin, hozirda "qaymoqranglilar" 24 yoshli vingerning Jahon chempionatidan so'ng Bavariya rahbariyati bilan bo'ladigan uchrashuvini kutishmoqda. Tomonlar kelasi haftadan boshlab Olisening kelajagini muhokama qilishadi.
Myunxenliklar futbolchi sotilmasligini ta'kidlashda davom etishmoqda. Shu bois, Bavariya Olisega 2029-yilda yakunlanadigan shartnomasini yaxshilangan shartlar asosida uzaytirish taklifini bildiradi.
Hujumchining bu taklifga qanday munosabat bildirishini ko'ramiz. Olisening xohishi uning kelajagini belgilashda muhim rol o'ynaydi.
Agar Madridda transfer imkoniyatlari kamida 1 foiz deb baholansa ham, klub uni qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Madrid vakillarining barchasi Olise "Galaktiko" ekanligiga va tarkibni to'liq shakllantirish uchun ideal futbolchi ekanligiga ishonchi komil.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!