📻 Cope xabariga ko'ra, Fulxem Gonsalo uchun 30 million yevro to'lashga tayyor.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Fulxem shu hafta Gonsalo bo'yicha Madrid klubi bilan muzokaralarni boshlaydi. Madridliklar tarbiyalanuvchi uchun kattaroq summa, ya'ni 30 million yevrodan ko'proq mablag' talab qiladi va o'yinchiga bo'lgan huquqlarning bir qismini o'zida saqlab qolmoqchi.
📰 AS nashri yozishicha, Real Madrid yaqin kunlar ichida Gonsaloni sotib yuboradi. Qaror qabul qilingan. Klub o'z tarbiyalanuvchisi uchun 50 million yevro ishlab olmoqchi. Hujumchi APL jamoalaridan biriga o'tishi mumkin.
Mastantuono esa yaqin kunlarda Real Madridni ijaraga asosida tark etadi. 18 yoshli vinger klubning ushbu qaroridan xabardor qilingan.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti): Mastantuono katta ehtimol bilan ijaraga ketadi. Argentinalik futbolchiga Benfika qiziqish bildirmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!