Manchini va Kristantening agenti Juzeppe Rizo fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida himoyachining «Roma»da qolish qarori haqida gapirib o'tdi.
Men uni sotmoqchi edim va «Roma»dan olib ketmoqchi edim, ammo u «Roma» uchun hammasidan voz kechdi. Men unga aqldan ozganini aytdim, lekin u qilayotgan ishidan mamnun.
Agent qo'shimcha qildi:
Unga katta pul evaziga jiddiy takliflar tushgandi va men uni sotgan bo'lardim. Gasperini va D'Amiko uni ishontirishda mendan ko'ra ko'proq yordam berishdi.
Shuningdek, Rizo o'zining yana bir mijozi Brayan Kristante haqida ham to'xtalib o'tdi:
Brayan — sardor va u hech qachon «Roma»dan ketish haqida o'ylamagan. U «jallorossi» safida 360 ta o'yin o'tkazdi... u abadiy «Roma» tarixida qoladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!