"Roma" Brayan Kristante bilan shartnoma 2028-yilga qadar uzaytirilganini e'lon qildi.
2018-yil yozida poytaxtga kelgan yarim himoyachi "jallorossi" safidagi uzoq yo'lini davom ettirmoqda. U shu yillar davomida ham maydonda, ham maydon tashqarisida jamoaning muhim figurasiga aylandi. Bugungi kunga qadar Kristante 364 ta o'yin o'tkazib, chempionat va kubok bahslarida 21 ta gol urishga erishdi. Ushbu ko'rsatkichlar unga 1927-yildan buyon klub safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarning kuchli o'nligidan joy olish imkonini berdi. Tabriklaymiz, Brayan!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!