Roma Manu Kone o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda
Roma Manu Kone ketishi mumkinligini inobatga olib, o'rniga yangi yarim himoyachilarni qidirmoqda. Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, nomzodlar orasida Atangana bor.
"Roma" klubi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lgan Manu Kone uchun o'rinbosar izlashni boshladi.
Jurnalist Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, "jallorossilar" ayni damda "Al-Ahli" safida to'p surayotgan va Yevropa futboliga qaytishni istayotgan yarim himoyachi Valentin Atanganani kuzatishmoqda. Shuningdek, klub "Sanderlend" futbolchisi Xabib Diarra nomzodini ham o'rganmoqda.