Roma Manu Kone o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Roma Manu Kone o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda

"Roma" klubi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lgan Manu Kone uchun o'rinbosar izlashni boshladi.

Jurnalist Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, "jallorossilar" ayni damda "Al-Ahli" safida to'p surayotgan va Yevropa futboliga qaytishni istayotgan yarim himoyachi Valentin Atanganani kuzatishmoqda. Shuningdek, klub "Sanderlend" futbolchisi Xabib Diarra nomzodini ham o'rganmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!