🚨 «Komo» Trevo Chaloba uchun taklifini yaxshiladi!
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Komo» «Chelsi»ga Trevo Chaloba transferi bo'yicha yangi, yaxshilangan taklif yubordi.
Taklif shartlari:
• 25 million yevro — kafolatlangan summa;
• 5 million yevro — bonuslar ko'rinishida.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Avvalroq, Chalobaning o'zi «Komo» bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma va yiliga 3,5 million yevro maosh bo'yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.
Endi yakuniy qaror «Chelsi»dan kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!