#Sodiqov — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Braga 18 yoshli ikki o'zbekistonlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Braga 18 yoshli ikki o'zbekistonlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

O'zbekistonlik 18 yoshli futbolchilar Xasanov va Sodiqov Portugaliyaning "Braga" klubi bilan shartnoma imzolashdi.

"Braga" 18 yoshli ikki o'zbekistonlik futbolchi — Xasanov va Sodiqovni o'z safiga qo'shib oldi. Bu transfer amalga oshishi haqida bahorda xabar berilgandi.

Futbolchilarning Portugaliyadagi faoliyatini kuzatish qiziqarli bo'ladi. Buning bir nechta sabablari bor:

• "Braga" aksiyalarining bir qismi "PSJ"ga egalik qiluvchi Qatar Sports Investments fondiga tegishli.

• "Braga" dunyodagi eng yaxshi akademiyalardan biriga ega. Bir necha yil avval klub o'zining "Sport shaharchasi"ni ochgan: 10 ta maydon, mini-futbol va basketbol maydonchalari, 55 o'rinli mehmonxona va dubl jamoasi uchun kichik stadion.

• "Braga" o'z tizimidan o'tgan futbolchilarni muntazam ravishda sotadi: Gomesni "Vulverxempton"ga, Fernandesni "Al-Ittihod"ga, Vitinyuni "Marsel"ga, Karmuni "Portu"ga va Trinkoni "Barselona"ga.

• Agar o'zbekistonlik futbolchilar asosiy jamoaga jalb etilsa, ularni "Manchester Siti" tizimida ishlagan, U-18 jamoasi bilan chempionlikka erishgan va Gvardiolaning yordamchisi bo'lgan bosh murabbiy Visens kutib oladi.

Xullas, Xasanov va Sodiqov ajoyib sharoitlarga tushib qolishdi. Ularning o'z salohiyatini qay darajada rivojlantira olishini kuzatamiz.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.