Yuventus Orlando Xil variantini ko'rib chiqmoqda
«Yuventus» «Tottenxem» bilan kelishuvga erisholmasa, «San-Lorenso» darvozaboni Orlando Xilni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.
«Yuventus» «San-Lorenso» darvozaboni Orlando Xilga qiziqish bildirmoqda. 🤨
Bu variant «Tottenxem» bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, Gulelmo Vikarioga muqobil sifatida ko'rilmoqda.
Mirko Di Natale xabariga ko'ra, Xil uchun tovon puli 10 million dollarni tashkil etadi, ammo bu narx bo'yicha muzokara olib borish mumkin. 💸