Luka Markesga Yevropa klublari qiziqish bildirmoqda
Braziliyalik hujumchi Luka Markesga "Ayaks", PSV va "Portu" klublari qiziqish bildirmoqda.
"Ayaks" va PSV braziliyalik iqtidorli futbolchi Luka Markesga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda ESPNning Braziliyadagi bo'limi xabar berdi. 19 yoshli hujumchi "San-Paulu" safida allaqachon 26 ta o'yinda maydonga tushgan, biroq u Portugaliya klublari e'tiborini ham tortgan.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "Portu" futbolchi uchun taklif bilan chiqqan.